«Инфекция, иммунитет и фармакология» · № 5/2026 · с. 7–12

Alimdjanova Gulchexra Aliyevna, Fayzieva Ziyoda Turayevna

Toshkent farmatsevtika instituti

Annotatsiya

Mualliflar tomonidan tetraxlormetanli gepatit modeli hayvonlarda chaqirilib, jigar hujayralarini (gepatotsitlar)ni zararlanishi kuzatildi. Shikastlanish natijasida qon zardobida umumiy oqsillar kamayib, ularning fraktsion tarkibi ham o‘zgardi. 20 kun davomida shikastlangan jigarni “Gepa-protekt” balzami yoki Karsil bilan davolash natijasida jigarning oqsil sintezlash qobiliyatini tiklanishi kuzatildi. Demak, CCl4 modelida “Gepa-protekt” balzami jigarning oqsil sintezlash qobiliyatini sezilarli darajada tiklab va bu jihatdan taqqoslash uchun olingan Karsildan ko‘ra samarasi yuqorili aniqlandi.

Kalit so‘zlar: “Gepa-protekt” balzami, Karsil, umumiy oqsillar: globulinlar, albuminlar, gepatoprotektor ta’sir.

Скачать статью (PDF)