SKUTELLARIN FLAVONOID FRAKSIYASINING KALAMUSH QON PLAZMASI GEMOSTAZ TIZIMIGA TAʼSIRI
- Информация о материале
- Категория: 2026 год
«Инфекция, иммунитет и фармакология» · № 5/2026 · с. 13–19
Asatillayev Joxongir Ne’matjon o‘g‘li, Hoshimov Nozimjon Numonjonovich, Yuldasheva Nargiza Muratbayevna
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Toshkent gumanitar fanlar universiteti
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik S.Y. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti
Annotatsiya
Tajribalarimizda Inula salicina L. o‘simligining yer ustki qismlaridan olingan, fitokimyoviy standartlashtirilgan skutellarin flavonoid fraksiyasining (SRF) sog‘lom laboratoriya kalamushlari gemostaz tizimiga taʼsiri o‘rganildi. Qon plazmasida trombin vaqti (TV), plazma rekalsifikatsiya vaqti (PRV), qisman faollashgan tromboplastin vaqti (QFTV), protrombin vaqti (PV), shuningdek trombotsitlar agregatsiyasi, tromboelastografik ko‘rsatkichlar va trombotsitlarning sitozolik Ca²⁺ signali baholandi. SRF koagulyatsion testlarda dozaga bog‘liq taʼsir ko‘rsatdi; 50 µM konsentratsiyada TV 18–25 soniyadan 140 soniyagacha uzaydi. SRF ADF-induksiyalangan trombotsitlar agregatsiyasining ikkinchi fazasini keskin susaytirdi, Fura-2AM fluoressent zondi bilan baholangan sitozolik Ca²⁺ signali esa taxminan 16–19% kamaydi. Kalamushlarga 50 mg/kg SRF yuborilgach, TEGda R, K va R+K ko‘rsatkichlari oshib, CI, E va ITP pasaydi. Natijalar SRFning plazmatik koagulyatsiya, trombotsitlarning ikkilamchi faollashuvi va Ca²⁺-bog‘liq jarayonlarga birgalikda taʼsir qiluvchi ko‘p nishonli antitrombotik faollikka ega ekanligini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar: SRF; skutellarin; Inula salicina; kalamush; gemostaz; trombin vaqti; PRV; QFTV; PV; trombotsitlar agregatsiyasi; Ca²⁺; tromboelastografiya.