GAMMA NURLANISH SHAROITIDA SO‘LAK BEZLARI AMILOLITIK FAOLLIGIGA FLAVONOIDLARNING RADIOPROTEKTORLIK TA’SIRI
- Информация о материале
- Категория: 2026 год
«Инфекция, иммунитет и фармакология» · № 5/2026 · с. 72–80
Mirzabekov Ismoiljon Adxamjon o‘g‘li
Andijon davlat universiteti
Annotatsiya
Tadqiqotda 4 va 6 Gr dozadagi gamma nurlanishning quloq oldi, jag‘ va til osti so‘lak bezlari amilolitik faolligi dinamikasiga ta’siri hamda ushbu jarayonda glabridin, pulikarin va rutin flavonoidlarining radioprotektorlik xususiyatlari o‘rganildi. Tajribalar oq kalamushlarda olib borilib, flavonoidlar nurlanishdan 5 kun avval va 5 kun keyin yuborildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, nurlanish dozasi ortishi bilan ferment faolligining patolog supressiyasi chuqurlashadi. 4 Gr dozada pasayish fazasi 20-kunga, 6 Gr dozada esa 30-kunga to‘g‘ri keldi va ferment faolligi mos ravishda 45,0% va 79,1% gacha kamaydi. Jag‘ va til osti bezlari radiatsion stressga ko‘proq sezuvchan ekanligi aniqlandi. O‘rganilgan bioflavonoidlar barcha muddatlarda va dozalarda ustunlik ko‘rsatib, ferment tizimlarini va bezlar parenximasini destruksiyadan samarali himoya qildi. Samaradorlik bo‘yicha rutin > pulikarin > glabridin ketma ketligi shakllandi. Olingan natijalar bioflavonoidlani radiatsion kserostomiyani davolashda istiqbolli vosita sifatida baholashga asos bo‘ladi.
Kalit so‘zlar: gamma nurlanish, so‘lak bezlari, amilolitik faollik, rutin, pulikarin, glabridin, radioprotektor.