«Инфекция, иммунитет и фармакология» · № 5/2026 · с. 95–102

Raximova Nigina, Mamatova Nodira

Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Toshkent, O‘zbekiston

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda Cistanche mongolica o‘simligi ekstraktining farmakologik faolligi oq sichqonlarda eksperimental ravishda o‘rganildi. Ekstraktning 50, 100 va 200 mg/kg dozalardagi ta’siri “ochiq maydon” hamda “yorug‘ – qorong‘u kamera” testlari yordamida baholandi. Harakat va tadqiqotchilik faolligi, tik turish reaksiyalari, defekatsiya ko‘rsatkichlari hamda kameralarda bo‘lish vaqti tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, ekstraktning 50 va 200 mg/kg dozalari harakat faolligini, 200 mg/kg dozasi esa qidiruv faolligini statistik ahamiyatli oshirdi. “Yorug‘-qorong‘u kamera” testida barcha o‘rganilgan dozalarda yorug‘ kamerada bo‘lish vaqti ortib, eng yuqori Yo/Q nisbati 100 mg/ kg dozada kuzatildi. Olingan natijalar Cistanche mongolica ekstraktining xulq-atvor ko‘rsatkichlariga ta’sirini va ehtimoliy anksiolitik xususiyatlarini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar: Cistanche mongolica, o‘simlik ekstrakti, eksperimental farmakologiya, lokomotor faollik, tadqiqotchilik xulq-atvori, ochiq maydon testi, yorug‘–qorong‘u kamera testi, anksiolitik faollik, xavotir, oq sichqonlar.

Скачать статью (PDF)